Yer kodeksi

23-modda. Yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish)

(23-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), doimiy foydalanish uchun va ijaraga berish yer ajratish tariqasida amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) mulk qilib berish (realizatsiya qilish) — qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq, shu jumladan yakka tartibda uy-joy qurish hamda uy-joyni obodonlashtirish, tadbirkorlik, shaharsozlik faoliyatini va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auktsion vositasida; 2) doimiy foydalanishga berish — ushbu Kodeksning 20-moddasida nazarda tutilgan hollarda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan; 3) ijaraga berish — elektron onlayn-auktsion vositasida, shuningdek ushbu Kodeksning 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan. Xususiy mulk bo'lgan yer uchastkasini ijaraga berish uning mulkdori tomonidan amalga oshiriladi. Egalikdagi, foydalanishdagi, ijaradagi va mulk qilib berilgan yer uchastkasini berish (realizatsiya qilish) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda faqat shu yer uchastkasi belgilangan tartibda olib qo'yilganidan (qayta sotib olinganidan) va davlat mulki sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin amalga oshiriladi. Sanoat korxonalari, temir yo'llar va avtomobil yo'llari, aloqa va elektr o'tkazish liniyalari, magistral truboprovodlar qurish uchun, shuningdek qishloq xo'jaligi bilan bog'liq bo'lmagan boshqa ehtiyojlar uchun qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar yoki qishloq xo'jaligi uchun yaroqsiz bo'lgan yerlar yoxud qishloq xo'jaligining sifati yomon yerlari beriladi (realizatsiya qilinadi). O'rmon fondiga qarashli yerlardan mazkur maqsadlar uchun yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) asosan o'rmon bilan qoplanmagan maydonlar yoki buta va arzonbaho dov-daraxtlar bilan qoplangan maydonlar hisobidan amalga oshiriladi. Berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasining chegaralari Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan naturada (joyning o'zida) belgilanguniga hamda yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlar berilguniga qadar mazkur yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanishga kirishish taqiqlanadi. Yer uchastkalarini mulk qilib berish (realizatsiya qilish), ulardan doimiy foydalanish va ularni ijaraga berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.