Yer kodeksi

20-modda. Yer uchastkalaridan doimiy foydalanish huquqi

(20-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Yer uchastkalari viloyat va Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan davlat organlariga, muassasalariga va korxonalariga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga beriladi. Yerlardan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq: shahar va posyolka quriladigan yerlarning ma'muriy imoratlar hamda inshootlar qurilgan yerlari yoki shunday imoratlar va inshootlar qurish uchun berilgan yerlar, aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari, shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar; sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar; tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo'ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; o'rmon fondi yerlari; suv fondi yerlari; qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, yer fondining boshqa toifadagi yerlari foydalanishga berilishi mumkin. Ko'p kvartirali uy joylashgan yer uchastkasi, shuningdek ko'p kvartirali uyga tutash yer uchastkasi, agar u ko'p kvartirali uydagi joylarning mulkdorlariga boshqacha tarzda tegishli bo'lmasa, viloyatlar va Toshkent shahar ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida umumiy foydalanishga beriladi. Yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqi belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.