Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirish uning huquq egasining arizasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirish uchun ariza davlat xizmatlari markazi yoki O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini o'zgartirish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishga doir ma'muriy reglament O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turini o'zgartirish uning huquq egasi tomonidan shaharsozlik reglamentida nazarda tutilgan yordamchi turlar orasidan faoliyat turlarini tanlash yo'li bilan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
10⁵-modda. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini o'zgartirish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.