«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

30-modda. Ma'lumotlarning maxfiyligi

(30-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga yordam ko'rsatgan shaxslarga ma'lum bo'lib qolgan barcha shaxsga doir ma'lumotlar shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risidagi qonunchilik bilan qo'riqlanadi. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir ma'lumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu ma'lumotlar o'ziga ma'lum bo'lib qolgan, ushbu ma'lumotlarni oshkor etishga yo'l qo'ygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.