«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

29-modda. Zo'ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar

Zo'ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo'ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta'minlash maqsadida shaxsning zo'ravonlikka moyil xulq-atvorini o'zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Zo'ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturidan o'tadi. Zo'ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturidan o'tish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.