«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

14-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi

(14-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vakolatli organlar va tashkilotlar xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yo'nalishlarda hamkorlik qiladi: aniqlangan tazyiq va zo'ravonlik faktlari to'g'risida o'zaro bir-birini xabardor qilish; tazyiq va zo'ravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam ko'rsatish; tazyiq va zo'ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish; tazyiq va zo'ravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qo'llanilish amaliyotini takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.