«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

12-modda. O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

(12-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 18 октябрдаги ЎРҚ-977-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 19.10.2024 й., 03/24/977/0831-сон)

O'zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo'mitasi: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash bo'yicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko'radi; o'z joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar o'tkazadi; xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazganligi va zo'ravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini o'tkazishda ishtirok etadi; nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zo'ravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi. xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.