«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun

10-modda. Ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda ta'lim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari

(10-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ta'limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta'lim muassasalari: xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi; xotin-qizlarni majburiy mehnatga va g'ayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar to'g'risida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi; ta'lim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi; ta'lim muassasalarida bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazishni ta'minlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi; xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.