Law on Protection of Private Property

17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari

Xususiy mulk bo'lgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy mulk bo'lgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qo'yish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qo'yish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning o'rni to'la qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. Mulkdor xususiy mulk bo'lgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to'g'risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.