Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi;
O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari.
Vasiylik va homiylik bo'yicha faoliyat:
tumanlar (shaharlar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu'balari tomonidan — voyaga yetmaganlarga nisbatan;
tuman, shahar tibbiyot birlashmalari tomonidan — sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylikka muhtoj bo'lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan amalga oshiriladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida amalga oshiradi.
O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari O'zbekiston Respublikasidan tashqarida yashaydigan, ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan voyaga yetmagan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek sog'lig'ining holatiga ko'ra mustaqil ravishda o'z huquqlarini amalga oshira olmaydigan va o'z majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda vasiylik yoki homiylik belgilash chora-tadbirlarini ko'radi.
Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish bo'yicha faoliyat yuritishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
7-modda. Vasiylik va homiylik sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari
(7-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 11 апрелдаги ЎРҚ-829-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.04.2023 й., 03/23/829/0208-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.