Vasiy yoki homiy o'z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan yoxud o'z huquqlarini suiiste'mol qilgan hollarda, ularni o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish to'g'risidagi qaror tuman, shahar hokimi tomonidan vasiylik va homiylik organining iltimosnomasi asosida qabul qilinadi.
Vasiy yoki homiy o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlardan g'arazli yoki boshqa past niyatlarda foydalanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsni nazoratsiz va zarur yordamsiz qoldirganda, vasiylik va homiylik organlari uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun zarur choralarni ko'rishi shart.
Voyaga yetmaganning, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan fuqaroning vasiysi yoki homiysi o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning istagi inobatga olingan holda unga qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa vasiy yoki homiy tayinlanadi yoxud joylashtirishning boshqa shakli belgilanadi.
Sog'lig'ining holatiga ko'ra homiylik belgilanishiga muhtoj bo'lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqaroning homiysi o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda, homiylikdagi shaxsning roziligi bilan homiy sifatida boshqa shaxs tayinlanadi.
Vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajargan shaxs o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilganligi unga ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran uch ish kunidan kechiktirmay vasiylik va homiylik organiga qonunchilikda belgilangan tartibda hisobot taqdim etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
30-modda. Vasiyning yoki homiyning o'z majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilishi
(30-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.