Quyidagilar vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emas:
ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki ota-onalik huquqlari cheklangan shaxslar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo'lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lganligi oqibatida bekor qilingan bo'lsa;
o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoxud o'z huquqlarini suiiste'mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
hayotga, sog'liqqa qarshi jinoyatlar, hayot yoki sog'liq uchun xavfli bo'lgan jinoyatlar, jinsiy erkinlikka, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi, shaxsning ozodligiga, sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi (bundan tuhmat, haqorat qilish mustasno), fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi (bundan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risidagi qonunchilikni buzish, mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish mustasno), tinchlikka va insoniyatning xavfsizligiga qarshi, O'zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyatlar, o'zgalarning mol-mulkini talon-toroj qilish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlar, jinoiy yo'l bilan topilgan mol-mulkni olish yoki o'tkazish, tijoratda pora evaziga og'dirib olish yohud nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish, boshqaruv tartibiga, shuningdek odil sudlovga qarshi jinoyatlar, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo'llash, jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar (bundan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o'tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish, karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlarni tarqatish, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash va ulardan foydalanish tartibini buzish, tadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish, mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish, sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, tog'-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish, yong'in xavfsizligi qoidalarini buzish mustasno), giyohvandlik vositalarining yoki psixotrop moddalarning qonunga xilof muomalasidan iborat jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar va harbiy mansabdorlik jinoyatlari sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining oltinchi xatboshisida ko'rsatilgan jinoyatlar jumlasiga kirmaydigan og'ir va o'ta og'ir jinoyatlarni sodir etganlik uchun ilgari hukm qilinganlar;
ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida ko'rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlik uchun o'ziga nisbatan jinoyat ishi ayblilik to'g'risidagi masala hal qilinmay turib tugatilganlar;
vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to'sqinlik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar.
Shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishiga to'sqinlik qiladigan kasalliklar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Vasiylik va homiylik to'g'risida»gi qonun
22-modda. Vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin bo'lmagan shaxslar
(22-модда биринчи қисмининг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 октябрдаги ЎРҚ-723-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.10.2021 й., 03/21/723/0983-сон)
Oddiy tilda
VASIY YOKI HOMIY ETIB TAYINLANISHI MUMKIN BO'LMAGAN SHAXSLAR
Nimani anglatadi
Bu modda bola yoki kattalar uchun vasiy (qo'riqchi) yoki homiy bo'la olmaydigan odamlarni sanab beradi. Agar kimdir bola yoki kattani qo'riqlashga layoq emas deb topilsa, uni bu ishga tayinlab bo'lmaydi. Buning sabablari: jinoyat sodir etgan, bolani yomon bilan muomala qilgan, alkogolga chalingan yoki sud tomonidan layoqatsiz deb topilgan shaxslar.
Kimga tegishli
Ushbu cheklovlar bola yoki kattalarning qo'riqchisi bo'lmoqchi bo'lgan barcha shaxslarga tegishli.
Amalda
Agar kimdir bola bilan shafqatsiz muomala qilgan yoki jinoyat sodir etgan bo'lsa, uni vasiy etib tayinlab bo'lmaydi. Masalan, surunkali giyohvandlikka chalingan yoki o'z farzandini yomon bilan qo'riqlab, ota-onalik huquqlarini suiiste'mol qilgan shaxs bola yoki kattani qo'riqlashga tayinlanmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.