Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a'zolarining umumiy yig'ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi va davlat xizmatlari markazlarida ro'yxatdan o'tishi kerak.
Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi:
ariza;
umumiy (ta'sis) yig'ilishning bayonnomasi;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko'rsatilishi, shuningdek «kooperativ» so'zi bo'lishi kerak.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko'rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida;
taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati to'g'risida;
uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risida.
Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro'yxatdan o'tkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro'yxatdan o'tkazish
(98-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.