Uy-joy qurish kooperativi fuqarolar o'z mablag'lari bilan birgalikda qurilishda ishtirok etishi yo'li bilan kelgusida uydan (uylardan) foydalanish va ularning saqlanishini ta'minlash uchun tashkil etiladi.
Uy-joy kooperativi yangi, rekonstruktsiya qilingan imoratlarni sotib olish va kelgusida uydan (uylardan) foydalanish uchun tashkil etiladi.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari fuqarolarning ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil etiladigan matlubot kooperativlari hisoblanadi. Agar kooperativning barcha a'zolari turar joylarning mulkdorlari bo'lsalar, ular uy-joy mulkdorlari shirkatiga birlashish huquqiga ega bo'ladilar.
Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari belgilangan tartibga muvofiq davlat ro'yxatidan o'tgan paytdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
96-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.