Turar joy arendasi shartnomasi, agar shartnomada yoki qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, taraflar kelishuvi bo'yicha o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Shartnoma shartlari bir tarafning aybi bilan buzilganda, shuningdek shartnomada yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda turar joy arendasi shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga binoan sud qaroriga ko'ra o'zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Agar turar joyning arenda haqi shartnomada belgilangan muddat o'tganidan so'ng ketma-ket ikki martadan ortiq to'lanmayotgan bo'lsa, arenda shartnomasi sud tartibida bekor qilinishi mumkin va arendaga oluvchi arendaga berilgan turar joydan boshqa turar joy berilmasdan ko'chirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
93-modda. Turar joy arendasi shartnomasining o'zgarishi yoki bekor qilinishi asoslari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.