Turar joyni arendaga oluvchi shaxs, agar arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, arendaga beruvchining roziligi bilan hamda qonunchilikda belgilangan tartibda o'z mablag'lari hisobidan turar joylarda yashash sharoitini yaxshilovchi o'zgartishlar qilish, rekonstruktsiyalash, kengaytirish, texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega.
Agar arendaga berilgan turar joyning sifati arendaga beruvchining roziligi bilan yaxshilansa, shartnoma muddati o'tganidan keyin yoki shartnoma bekor qilinganda, basharti arenda shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, arendaga oluvchi ushbu maqsadda qilgan barcha xarajatlari ijaraga beruvchi tomonidan qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
Arendaga berilgan turar joyni yaxshilash uchun arendaga oluvchi tomonidan arendaga beruvchi bilan kelishilmagan holda qilingan xarajatlar qiymati, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, qoplanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
91-modda. Arendaga berilgan turar joyda yashash sharoitlarini yaxshilash
(91-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.