Uy-joy kodeksi

83-modda. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish

(83-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Vaqtinchalik uy-joy fondi tegishli uy-joy fondining mulkdori yoki u vakolat bergan organning qarori bo'yicha tashkil qilinishi mumkin. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylari ijaraga berish shartnomasi asosida fuqarolar egallab turgan turar joylar kapital ta'mirlanishi, rekonstruktsiya, modernizatsiya qilinishi munosabati bilan hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ularning vaqtincha yashab turishiga mo'ljallangan bo'lib, sanitariya, yong'inga qarshi va texnik talablarga javob berishi lozim. Vaqtinchalik uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga turar joyi kapital ta'mirlanishi lozim bo'lgan, lekin unda yashab turgan fuqarolarni ko'chirmasdan ta'mirlashning imkoni bo'lmagan turar joyning ijaraga beruvchisi tomonidan beriladi. Vaqtinchalik uy-joy fondi turar joylarini berish va ulardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.