Uy-joy kodeksi

74-modda. Fuqarolarga boshqa turar joy bermasdan ko'chirish

Agar munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar turar joyni buzayotgan yoxud shikastlantirayotgan yoki undan o'z maqsadi bo'yicha foydalanmayotgan yoxud turmush qoidalarini muntazam buzib boshqalarning u bilan bir kvartira yoki bir uyda yashash imkonini bermayotgan bo'lsalar, bunda ogohlantirishlar va jamoat ta'sir choralari natija bermagan bo'lsa, shuningdek shartnomada uzoqroq muddat belgilanmagani holda ijaraga oluvchi turar joy haqini olti oy to'lamagan bo'lsa, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan to'lov muddati o'tganidan so'ng ikki martadan ortiq to'lanmagan holda ijaraga beruvchi yoki o'zga manfaatdor shaxslarning talabi bo'yicha aybdorlarni ko'chirish boshqa turar joy bermasdan amalga oshiriladi. Shuningdek ota-onalik huquqidan mahrum etilgan shaxslar, ota-onalik huquqidan mahrum bo'lganliklari uchun o'z farzandlari bilan birga yashashi mumkin emas deb topilsa, ular boshqa turar joy bermasdan ko'chirilishlari mumkin. Birga yashash imkoni bo'lmaganligi sababli boshqa turar joy bermasdan ko'chirilishi lozim bo'lgan shaxslar o'zlari egallab turgan turar joydan ko'chirilish o'rniga uni almashtirishdan manfaatdor taraf ko'rsatgan boshqa turar joyga almashtirishga sud tomonidan majbur etilishlari mumkin. Turar joyni o'zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar boshqa turar joy bermasdan ushbu Kodeks 70-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda ko'chiriladilar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.