Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish taraflarning kelishuvi bo'yicha amalga oshiriladi.
Turar joyni ijaraga oluvchi oila a'zolarining hamda o'zi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Ana shunday ogohlantirishsiz shartnoma bekor qilingan taqdirda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar joy haqini to'lashi shart.
Ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari hamda u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun jo'nab ketganlarida yoki shu aholi punktidagi boshqa turar joyga ko'chib o'tganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi jo'nab ketgan yoki ko'chib o'tgan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi istalgan tarafning talabi bo'yicha:
agar turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz bo'lib qolsa, shuningdek u avariya holatida bo'lsa;
agar turar joy joylashgan uy buzilishi kerak bo'lsa;
uy-joy to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabi bo'yicha quyidagi hollarda sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan bo'lmasa, ijaraga oluvchi olti oy ortiq muddat uchun turar joy haqini to'lamasa, qisqa muddatli ijarada esa, shartnomada belgilangan to'lov muddatini o'tkazib ikki martadan ortiq to'lamasa;
ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan fuqarolar turar joyni buzsa yoxud shikastlantirsa. Agar turar joyni ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javob beradigan boshqa fuqarolar turar joydan o'z maqsadi bo'yicha foydalanmayotgan bo'lsa, yoxud turmush qoidalarini muntazam buzayotgan bo'lsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi mumkin va bu talablar bajarilmaganda turar joyni ijaraga berish shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqlidir.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos bo'lib xizmat qilgan holatlarni bartaraf etish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
69-modda. Turar joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish
(69-модда тўртинчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.