Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi ijaraga oluvchining oila a'zosi, agar oilaning boshqa a'zolari, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar rozi bo'lsa hamda uning ulushiga to'g'ri keladigan turar joy maydoniga muvofiq yoxud turar joydan foydalanish tartibi to'g'risida tuzilgan kelishuvni hisobga olgan holda unga ushbu Kodeksning 9-moddasi talablariga javob beradigan turar joy ajratilishi mumkin bo'lsa, o'zi bilan alohida ijara shartnomasi tuzilishini talab qilishga haqlidir.
Alohida ijara shartnomasi tuzish talab qilinishi munosabati bilan yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
67-modda. Ijaraga oluvchi oila a'zosining talabi bo'yicha turar joyni ijaraga berish shartnomasining o'zgartirilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.