Uy-joy kodeksi

60-modda. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini bekor qilish

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati tugagandan so'ng ikkilamchi ijaraga oluvchi shartnomani qayta tiklashni talab qilishga haqli emas va u egallab turgan turar joyni ijaraga oluvchining talabidan keyin ham bo'shatib bermasa, unga boshqa turar joy berilmagan holda sud tartibida ko'chiriladi. Ijaraga berish shartnomasi bekor qilingan hollarda ham ikkilamchi ijaraga oluvchi unga boshqa turar joy berilmagan holda xuddi shu tartibda ko'chiriladi. Agar ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi muddati ko'rsatilmay tuzilgan bo'lsa, ijaraga oluvchi ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bekor qilinishi haqida ikkilamchi ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirishi shart. Ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi, shuningdek ushbu Kodeksning 69-moddasi hamda 119-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra ham bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.