Uy-joy kodeksi

58-modda. Turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga yo'l qo'yilmaydigan shart-sharoitlar

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ikkilamchi ijaraga berishga quyidagi hollarda yo'l qo'yilmaydi: agar ikkilamchi ijaraga oluvchining ko'chib kirishi oqibatida har bir yashovchiga to'g'ri keladigan umumiy maydon belgilangan normadan kamayib ketsa; agar unda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro'yxatdagi ayrim surunkali kasalliklarning og'ir turlari bilan kasallangan shaxslar yashayotgan bo'lsa; ijaraga beruvchining roziligi bo'lmasa; ijaraga oluvchining. uning voyaga yetgan oila a'zolarining, u bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning roziligi bo'lmasa; turar joyni ikkilamchi ijaraga berish qoidalarida belgilangan boshqa hollarda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.