Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish to'g'risidagi qaror asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi fuqaroga berilgan turar joyga ko'chib kirish uchun asos bo'ladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.
Hujjat (order) faqat bo'sh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish to'g'risidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.
Order shakli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
45-modda. Turar joy hujjati (orderi)
(45-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.