Housing Code

42-modda. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi

(42-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi. Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga o'n olti kvadrat metrdan kam bo'lmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa – yigirma uch kvadrat metrdan kam bo'lmagan hajmda belgilanadi. Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslar bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin. Fuqarolarning ayrim toifalariga uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha qo'shimcha uy-joy maydoni bir xona tarzida yoki o'n sakkiz kvadrat metrli umumiy maydon miqdorida beriladi. Ayrim surunkali kasalliklarning og'ir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro'yxat bo'yicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga ko'ra qo'shimcha maydon zarur bo'lgan fuqarolarga bunday maydon miqdori ko'paytirilishi mumkin. Qo'shimcha uy-joy maydoni olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar toifalarining ro'yxati, qo'shimcha maydonni berish tartibi va shartlari qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Uy-joy ijtimoiy normasi — har bir kishi uchun zarur bo'lgan minimal uy-joy maydoni. Oddiy odamga bir kishi uchun kamida 16 kvadrat metr, nogironlarga 23 kvadrat metr beriladi. Bu norma davlat tomonidan berilgan turar joylar uchun qo'llaniladi. Kimga tegishli Bu qoida munitsipal va davlat uy-joy fondidan turar joy olayotgan fuqarolarni tartibga soladi. Amalda Oila besh kishidan iborat bo'lsa, kamida 80 kvadrat metr (5 × 16) uy-joy olishi kerak. Agar oilada kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironi bo'lsa, uning uchun 23 kvadrat metr hisoblangan holda norma ko'payadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.