Uy-joy kodeksi

40-modda. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar toifalari

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj va turar joy olish uchun hisobda turgan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta'minlangan fuqarolar egadirlar. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy olish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar toifalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan fuqarolar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan bir marta turar joy olishga haqlidirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.