Uy-joy kodeksi

25-modda. Fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli uylar, kvartiralardagi turar joylarni ijaraga, arendaga berish

(25-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Uy, kvartira mulkdori o'zi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila a'zolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqlidir. Taraflarning huquq va majburiyatlari, ijara yoki arenda shartnomasi tuzilayotgan muddat, to'lov haqi miqdori va boshqa shartlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, taraflarning kelishuviga binoan belgilanadi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro'yxatdan o'tkazilishi) lozim. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan ushbu Kodeks qoidalari qo'llaniladi. Turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasining ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.