Belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida yangi qurilayotgan uyga mulk huquqi uy davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi va ayirboshlash shartnomasi yozma shaklda, taraflar imzolaydigan bitta hujjatni tayyorlash yo'li bilan tuziladi hamda u notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Uyning, kvartiraning oldi-sotdi shartnomasi shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. Sotib oluvchi sotib olganidan keyin qonunga muvofiq turar joydan foydalanish huquqini o'zida saqlab qoladigan shaxslar yashab turgan shu uy, kvartirani oldi-sotdi shartnomasining muhim sharti – bu shaxslarning ro'yxatini sotilayotgan turar joydan foydalanish huquqlari ko'rsatilgan holda tuzishdan iboratdir.
Umrbod ta'minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish to'g'risidagi shartnoma O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining qoidalariga rioya etilgan holda notarial tasdiqlanishi kerak.
Turar joyni almashtirishga ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda yo'l qo'yiladi.
Uyni, kvartirani hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi hamda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Davlatga qarashli uyga, kvartiraga bo'lgan mulk huquqi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirish tartibida vujudga keladi.
Kooperativ uyga, kvartiraga bo'lgan mulk huquqi uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari a'zolari pay badallarini to'liq to'lab bo'lganidan keyin vujudga keladi.
Uy-joy obligatsiyalarini olish va ularning qolgan qiymatini bank kreditlari hisobiga to'lash yo'li bilan qurilgan va olingan uyga, kvartiraga bo'lgan mulk huquqi kredit to'liq qaytarilgandan keyin vujudga keladi.
Xususiy mulkdagi uyga, kvartiraga bo'lgan mulk huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat mulkiga o'tkazilishi mumkin.
Uyga, kvartiraga bo'lgan meros tariqasida o'tadigan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra vujudga keladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
14-modda. Turar joyga bo'lgan mulk huquqi vujudga kelishi, boshqaga o'tishining xususiyatlari
(14-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.