Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat ko'rsatish va ularni ta'mirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni o'z ichiga oladi.
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori va boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot o'rtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Xususiy uy-joy fondini boshqarish bevosita turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari, shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan yoxud qonunchilikka muvofiq boshqacha usulda amalga oshirilishi mumkin.
Ko'p kvartirali uyni boshqarish usuli shu uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi qarori bilan belgilanadi. Ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi to'g'risidagi nizom O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ko'p kvartirali uy turar joylarning va yashash uchun mo'ljallanmagan joylarning mulkdorlari tomonidan bevosita boshqarilganda shu uydagi umumiy mol-mulkni saqlash yoki uni ta'mirlash ishlarini bajarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish shartnomalari turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi qarorlari asosida tuziladi. Bunda uchinchi shaxslar bilan munosabatlarda turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari nomidan turar joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan vakil qilingan turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlaridan biri yoki bir nechtasi ish yuritishga haqlidir.
Ko'p kvartirali uyni boshqarish «Ko'p kvartirali uylarni boshqarish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Shirkat tashkil etilmagan ko'p kvartirali uyni boshqarish boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot tomonidan ko'p kvartirali uydagi turar joylar va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy yig'ilishining qarori asosida tuziladigan shartnomaga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
138-modda. Uy-joy fondini boshqarish
(138-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.