Uy-joy kodeksi

134-modda. Ko'p kvartirali uydagi mol-mulkni saqlash xarajatlarini va kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlarni to'lash muddatlari

(134-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 мартдаги ЎРҚ-1044-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.03.2025 й., 03/25/1044/0224-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 июнь)

Ko'p kvartirali uydagi turar joylar mulkdorlari umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlarini o'tgan oydan keyingi oyning o'ninchi kunidan kechiktirmay to'laydi. Davlat uy-joy fondining ko'p kvartirali uyidagi joylarni ijaraga, arendaga oluvchilar shu uydagi umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash haqini ijaraga, arendaga berish shartnomasi shartlariga muvofiq, biroq o'tgan oydan keyingi oyning o'ninchi kunidan kechiktirmay to'laydi. Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar to'lash o'tgan oydan keyingi oyning o'ninchi kunidan kechiktirmay har oyda amalga oshirilishi kerak, bundan suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari mustasno. Davlat va xususiy uy-joy fondlarida ko'rsatiladigan suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun majburiy to'lovlar oldindan 100 foizlik haq to'lash asosida amalga oshirilishi kerak. Ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda to'lanmagan taqdirda, davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari kechiktirilgan har bir kunga yuridik shaxslar uchun 0,4 foiz, jismoniy shaxslar uchun 0,1 foiz miqdorida, biroq kechiktirilgan to'lov summasining 50 foizidan ko'p bo'lmagan miqdorda penya to'laydi. Agar shirkat, boshqaruvchi yoki boshqaruvchi tashkilot ko'p kvartirali uyning kommunal xizmatlar buyurtmachisi bo'lsa, ularga penya miqdorlari bo'yicha ushbu moddaning beshinchi qismida jismoniy shaxslar uchun belgilangan norma qo'llaniladi. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga kommunal xizmatlar ko'rsatish majburiy to'lovlar uch oydan ortiq to'lanmagan taqdirda to'xtatib turiladi, bundan suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to'plash va olib chiqish xizmatlari, shuningdek elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish mustasno. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari uchun oldindan 100 foizlik haq to'lash amalga oshirilmagan taqdirda, suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlaridan to'liq uzib qo'yishgacha bo'lgan choralar ko'riladi. Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlariga, ijaraga, arendaga oluvchilariga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berganlik uchun ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatda majburiy to'lovlar to'lanmagan taqdirda, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlaridan to'liq uzib qo'yishgacha bo'lgan choralar ko'riladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.