Uy-joy kodeksi

129-modda. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joylar haqini ijaraga berish shartnomasi bo'yicha to'lash

(129-модда Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 8 январдаги ЎРҚ-77-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 1-2-сон, 3-модда)

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga to'lanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o'rtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qo'yiladi. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi bo'yicha to'lanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining o'rnini qoplashni ta'minlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi. Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.