Umrbod ta'minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasini tuzish, o'zgartirish va bekor qilish O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Umrbod ta'minlash sharti bilan uyni, kvartirani boshqa shaxsga berish shartnomasining predmeti bo'lgan turar joydan foydalanish shu shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Shartnomada turar joydan faqat turar joyni boshqa shaxsga berayotgan va uni olayotgan shaxs foydalanishi nazarda tutilishi, turar joydan foydalanish tartibi belgilab qo'yilishi yoki belgilanmasligi yoxud turar joyni foydalanish uchun uchinchi shaxsga (uchinchi shaxslarga) berish yoki qonun yo'l qo'yadigan boshqacha usulda foydalanish belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
122-modda. Umrbod ta'minlash sharti bilan boshqa shaxsga berilgan turar joydan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.