Ijaraga oluvchi bronlashtirilgan turar joyga saqlash guvohnomasi (bron) amal qiladigan muddat doirasida ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi bo'yicha ko'chirib kiritishga yoki u yerga vaqtincha yashovchilarni joylashtirishga haqlidir.
Ijaraga oluvchi, uning oila a'zolari yoki u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar qaytib kelgach, bronlashtirilgan turar joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasidagi belgilangan muddat tugashidan qat'i nazar, darhol bo'shatishni talab qilishga haqlidirlar. Ikkilamchi ijaraga oluvchilar yoki vaqtincha yashovchilar ushbu turar joyni bo'shatishdan bosh tortgan taqdirda, ular ijaraga oluvchining talabiga ko'ra boshqa turar joy bermasdan sud tartibida ko'chiriladilar.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
119-modda. Bronlashtirilgan turar joydan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.