Uy-joy kodeksi

106-modda. Turar joyni almashtirish

(106-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ijaraga oluvchilar, pay jamg'armasining qismiga huquqi bo'lgan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zolari yoxud ularning oila a'zolari, shuningdek turar joyning umumiy mulki ishtirokchilari o'z ulushlariga to'g'ri keladigan uy-joy maydonining qismini boshqa turar joyning ijaraga oluvchilari, uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi yoxud ularning oila a'zolari bilan almashtirishga haqlidirlar, almashtirish oqibatida ko'chib kirayotganlar bu joyda yashash uchun qolayotganlarning oila a'zosi sifatida yoxud umumiy mulk ishtirokchilari sifatida ko'chib kirishlari kerak. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni o'zaro o'tkazish tarzida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari qaroriga binoan amalga oshiriladi. Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar o'rtasida ham amalga oshirilishi mumkin. Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyni ijaraga oluvchi va uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining a'zolari o'zlari bilan birga yashovchi voyaga yetgan oila a'zolarining, shu jumladan ular bilan doimiy yashayotgan, vaqtincha bo'lmagan fuqarolarning yozma roziligiga binoan egallab turgan turar joyini qonunchilikda belgilangan tartibda almashtirishga haqlidirlar. Bunda voyaga yetmagan oila a'zolarining roziligi ota-onalari tomonidan, ular bo'lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan tasdiqlanadi. Korxona, muassasa, tashkilotlarning uylari, kvartiralaridagi turar joylarni faqat ularning roziligi bilan almashtirishga yo'l qo'yiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.