Uy-joy kodeksi

101-modda. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosining payga bo'lgan huquqi

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining a'zosi turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga asos bo'ladigan pay badaliga bo'lgan huquqqa hamda pay badali hisobiga o'zi to'lagan summaga bo'lgan mulk huquqiga egadir. Payga bo'lgan huquq bir necha shaxsga tegishli bo'lishi mumkin, ularning tarkibi shu shaxslarning roziligi bilan uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi tomonidan belgilanadi. Turar joyda yashaydigan, lekin sherik paychi bo'lmagan shaxslar tegishli turar joydan faqat foydalanish huquqiga egadirlar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.