Law on Tourism

37-modda. Turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ixtisoslashtirilgan, qutqaruv va shoshilinch xizmatlar

(37-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida falokatga uchragan turistlar va ekskursantlarga zarur yordam ko'rsatish ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi. Qidiruv-qutqaruv xizmatlari, shoshilinch operativ xizmatlar va boshqa qutqaruv xizmatlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek sog'liqni saqlash, aloqa, ichki ishlar organlari, davlat o'rmon xo'jaligi, gidrometeorologiya, fuqaro aviatsiyasi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat ko'rsatadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.