Turistik mahsulotni realizatsiya qilish turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi o'rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Turist, ekskursant yoki turist yoxud ekskursant nomidan turistik mahsulotga buyurtma beruvchi boshqa shaxs turistik mahsulotning buyurtmachisidir.
Turagent va turoperator o'rtasidagi shartnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
turistik mahsulotni turagent tomonidan realizatsiya qilish shartlari;
turagentning turistik mahsulotni turoperator nomidan yohud o'z nomidan realizatsiya qilishga doir huquq va majburiyatlari;
turagent tomonidan ikkilamchi agent shartnomalarini tuzish mumkinligini (mumkin emasligini) nazarda tutuvchi shartlar;
ularga turistik mahsulotning buyurtmachisi tomonidan turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasini ijro etish borasida e'tirozlar bildirilgan taqdirda, turoperator va turagentning hamkorligi tartibi;
turistik mahsulot to'g'risida axborot taqdim etmaganlik yoki noto'g'ri axborot taqdim etganlik uchun, turistik xizmatlar ko'rsatishga doir shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun turistik mahsulotning buyurtmachisi oldida turoperatorning va turagentning javobgarligi, shuningdek taraflardan har birining javobgarligi.
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulotning buyurtmachisi o'rtasidagi shartnomada quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
turoperatorning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), litsenziyasining yo'nalishi va raqami;
turagentning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), xabarnoma qabul qilinganligi to'g'risidagi tasdiqnomaning yo'nalishi va raqami;
turistik mahsulotning buyurtmachisi to'g'risidagi, uning turistik mahsulotni realizatsiya qilish uchun zarur bo'lgan hajm doirasidagi ma'lumotlar;
turistik mahsulotning qiymati va uni to'lash tartibi;
turoperatorning va (yoki) turagentning hamda turistik mahsulot buyurtmachisining huquqlari va majburiyatlari;
shartnomani o'zgartirish va bekor qilish shartlari;
turoperatorning va (yoki) turagentning va turistik mahsulot buyurtmachisining javobgarligi hamda nizolarni ko'rib chiqish tartibi.
Turoperator va (yoki) turagent va turistik mahsulot buyurtmachisi shartnomada turistik mahsulotdan foydalanish shartlarini, shu jumladan sayohatning dasturini, sayohatning yo'nalishi va shart-sharoitlarini, joylashtirish vositalari, yashash va ovqatlanish sharoitlari, turistni va ekskursantni vaqtincha bo'lish mamlakatida (joyida) tashish bo'yicha xizmatlar, ekskursiya yetakchisi, gid (gid-tarjimon), yo'riqchi-yo'l boshlovchi mavjudligi, shuningdek qo'shimcha xizmatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni kelishib olishi mumkin.
Turoperator va (yoki) turagent hamda turistik mahsulotning buyurtmachisi o'rtasidagi shartnomada boshqa shartlar ham ko'rsatilishi mumkin.
Ekskursiya yetakchilari, gidlar (gid-tarjimonlar) va yo'riqchi-yo'l boshlovchilar shartnoma tuzmasdan ham o'z xizmatlarini ko'rsatishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn26-modda. Turistik mahsulotni realizatsiya qilish
(26-модда тўртинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.