Law on Tourism

21-modda. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish

(21-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 13 майдаги ЎРҚ-926-сонли Қонунига асосан биринчи ва иккинчи қисмлар билан алмаштирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.05.2024 й., 03/24/926/0344-сон)

Joylashtirish vositalari, tog' chang'isi trassalari va plyajlar majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog'lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi. Joylashtirish vositalari, tog' chang'isi trassalari va plyajlarni sertifikatlashtirish vakolatli davlat organi huzuridagi akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish bo'yicha tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Turistik xizmatlarni sertifikatlashtirish ularning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan amalga oshiriladi hamda ushbu xizmatlarning xavfsizligi va sifatini ta'minlashga qaratiladi. Vakolatli davlat organi Sertifikatlashtirilgan turistik xizmatlarning reyestrini yuritadi. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.