Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yig'ilishini chaqirishi;
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni to'lash jadvali bajarilishi jarayoni to'g'risidagi hisobotlarni ko'rib chiqishi hamda kreditorlarning yig'ilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
kreditorning talabiga ko'ra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) o'z faoliyati haqidagi axborotni o'n kunlik muddatda taqdim etishi;
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi to'g'risida kreditorlar yig'ilishiga va (yoki) kreditorlar qo'mitasiga, shuningdek, agar qarzdorning ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lsa, vakolatli davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
99-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.