Sud sanatsiyasi tartib-taomili sud tomonidan kreditorlar yig'ilishining qarori asosida joriy etiladi, bundan ushbu Qonun 92-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi ajrimida sud sanatsiyasi tartib-taomilining muddati ko'rsatilishi, unda sud tomonidan tasdiqlangan qarzni to'lash jadvali, majburiyatlarni bajarish ta'minotini bergan shaxslar haqidagi, bunday ta'minotning miqdori va shakllari to'g'risidagi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash hamda unga to'lanadigan haq miqdori haqidagi ma'lumotlar bo'lishi kerak.
Sudning sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to'xtatib qo'ymaydi.
Sud sanatsiyasi tartib-taomili ko'pi bilan yigirma to'rt oy muddatga joriy etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
95-modda. Sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish tartibi
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sud sanatsiyasi — bu bankrot bo'lgan shaxsning qarzlarini to'lash uchun uning mulki va daromadlaridan foydalanish jarayoni. Sudning ajrimi orqali sanatsiya muddati, to'lash jadvali va boshqaruvchi tayinlanadi. Shikoyat berilsa ham, jarayon to'xtamaydi.
Kimga tegishli
Bu tartib-taomil bankrot bo'lgan jismoniy va yuridik shaxslar, ularning kreditorlari va sud tomonidan tayinlangan sanatsiya boshqaruvchisiga tegishli.
Amalda
Kompaniya qarzga botsada, sud kreditorlar yig'ilishining qaroriga asosan sanatsiya jarayonini boshlanadi. Sud 24 oyga qadar muddatni belgilaydi, qarz to'lash jadvali tuzadi va boshqaruvchi tayinlaydi. Ushbu vaqt ichida kompaniyaning mulki va daromadi qarzlarni to'lashga yo'naltiriladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.