Sud kreditorlarning birinchi yig'ilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomilini joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yig'ilishida to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillaridan birini qo'llash haqida qaror qabul qilinmagan bo'lsa yoki sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan bo'lsa, sud doimiy to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari bo'lgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qiladi. Doimiy to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari mavjud bo'lmagan taqdirda, sud qarzdorning faoliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish to'g'risidagi masalani kreditorlar yig'ilishida ko'rib chiqish uchun taqdim etilgan materiallarni qaytaradi.
Agar kreditorlarning birinchi yig'ilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan sudga murojaat etish to'g'risida qaror qabul qilingan bo'lsa yoxud sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan bo'lsa, sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, vakolatli davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni to'lash jadvaliga muvofiq ta'minoti taqdim etilgan taqdirda, sud sanatsiyasi tartib-taomilini joriy etish to'g'risida ajrim chiqarishga haqli.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi tayinlanguniga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga to'la hajmda yuklatiladi.
Sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv tartib-taomili joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan e'tiboran kuzatuv tartib-taomili tugatiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
92-modda. Kuzatuv tartib-taomilini tugatish
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Sud kreditorlar yig'ilishining qaroriga asosan bankrotlik ishini tugatish to'g'risida qaror qabul qiladi. Agar kreditorlar hech qanday qaror qabul qilmasa, sud doimiy to'lovga qobiliyatsizlik belgilari bo'lsa bankrotlikni e'lon qiladi. Agar belgilar bo'lmasa, sud materiallarni qaytaradi.
**Kimga tegishli**
Bu qonun qarzdor (jismoniy va yuridik shaxslar), kreditorlar, sud va boshqaruv shaxslariga tegishli.
**Amalda**
Kompaniya 3 oydan beri qarzlarini to'lay olmaydi. Sud kreditorlar yig'ilishini o'tkazdi. Agar kreditorlar sanatsiya qilishga rozilashsa, sud shu qarorni qabul qiladi va kuzatuv tugatiladi. Agar rozilashmasalar va doimiy muammolar bo'lsa, sud kompaniyani bankrot deb e'lon qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.