Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorning mol-mulki sud xarajatlarining, sud boshqaruvchilariga haq to'lash xarajatlarining o'rnini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash mumkinligini yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki bo'lsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini va mulk huquqining davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning to'lov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi to'g'risidagi takliflarni, to'lovga qobiliyatsizlikning keyingi tartib-taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligini asoslantiruvchi ma'lumotlarni tayyorlaydi.
Muvaqqat boshqaruvchi moliyaviy tahlil natijasida qarzdorning moliyaviy ahvoli to'g'risida quyidagi xulosalardan birini tayyorlaydi:
to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlanmaganligi to'g'risida;
agar vaqtincha to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to'lov qobiliyatini tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etishning asoslari mavjudligi to'g'risida;
agar doimiy to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlansa, to'lov qobiliyatini tiklash imkoniyati mavjudligi yoki mavjud emasligi to'g'risida.
Qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
86-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
Oddiy tilda
**Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish**
Nimani anglatadi
Bu - sud tomonidan tayinlangan muvaqqat boshqaruvchi tomonidan olib boriluvchi tekshiruv. U qarzdorning qolgan mol-mulkini, qarzlarini va daromadlarini o'rganib, u yana to'lay oladimi yoki yo'qmi degan savolga javob beradi. Agar to'lay olsa, qanday usulda tiklash mumkinligini tavsiya qiladi.
Kimga tegishli
Bu ishni muvaqqat boshqaruvchi va zarur bo'lsa, maxsus tashkilotlar bajaradi.
Amalda
Masalan, bir kishi qarzga borib, to'lay olmadi. Sud muvaqqat boshqaruvchini tayinladi. U uning uyini, mashinasini, ish daromadini tekshiradi. Agar ish bor va daromad yetarli bo'lsa, "to'lov qobiliyatini tiklash mumkin" deb xulosani yozadi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.