Kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan paytdan e'tiboran:
mulkiy undiruvlar bo'yicha ijro hujjatlarini ijro etish to'xtatib turiladi, bundan ish haqi bo'yicha, mualliflik shartnomalari bo'yicha haqlarni, alimentlarni to'lash bo'yicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayotga yoki sog'liqqa yetkazilgan zararning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish to'g'risidagi, sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish mustasno. Sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni to'xtatib turish uchun asos bo'ladi;
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qanoatlantirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qog'ozlari bo'yicha dividendlar va boshqa to'lovlarni to'lash taqiqlanadi.
Qarzdordan pul mablag'larini olish to'g'risidagi talablar qarzdorga talablar qo'yishning faqat ushbu Qonunning 87-moddasida belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qo'yilishi mumkin.
Qarzdorga nisbatan kuzatuv tartib-taomili joriy etilgan sanadan e'tiboran qarzdorning kontragenti tomonidan shartnomalarni bajarishni bir tomonlama rad etishga yoki ularni bir tomonlama o'zgartirishga, agar bu taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan bo'lsa ham yo'l qo'yilmaydi.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar bo'yicha kelishmovchiliklar bo'lgan taqdirda, qarzdor kontragentining shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi talabi sud tomonidan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish doirasida ko'rib chiqiladi.
To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni yuritish jarayonida qarzdor shartnomani bajara olishi va shartnoma bo'yicha majburiyatlar bajarilishining kechikishini bartaraf etishi mumkinligi to'g'risida dalillarni (fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa kreditor yoki uchinchi shaxs tomonidan majburiyatlarning ta'minlanishi shunday dalillar sifatida qabul qilinishi mumkin) taqdim etgan taqdirda, sud shartnomani o'zgartirishni yoki bekor qilishni rad etishga haqli.
Agar shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish masalasi sud sanatsiyasi rejasini va qarzni to'lash jadvalini yoki tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash uchun muhim ahamiyatga ega bo'lsa, sud kreditorlar yig'ilishi o'tkazilishini shartnomani o'zgartirish yoki bekor qilish to'g'risidagi talab ko'rib chiqilguniga qadar kechiktirishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
79-modda. Kuzatuv tartib-taomilini joriy etish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.