«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

65-modda. Ba'zi kreditorlarning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirish bilan bog'liq bitimlarning haqiqiy emasligi

Qarzdorga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan muayyan kreditorga yoki o'zga shaxsga nisbatan tuzilgan bitim, agar bunday bitim qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirilishiga olib kelsa, quyidagi shartlardan biri mavjud bo'lgan taqdirda sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin: bitim qarzdorning yoki uchinchi shaxsning muayyan kreditor oldidagi majburiyatlari bajarilishini bitim bajarilguniga qadar ta'minlashga qaratilgan bo'lsa; bitim tuzilguniga qadar vujudga kelgan majburiyatlar bo'yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish navbatining o'zgarishiga olib kelgan bo'lsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa; bitim boshqa kreditorlar oldida belgilangan muddatda bajarilmagan majburiyatlar mavjud bo'lganda bitim tuzilgan paytda bajarish muddati kelmagan ba'zi kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga olib kelgan bo'lsa yoki olib kelishi mumkin bo'lsa; agar talablarni qanoatlantirishga nisbatan muayyan kreditorga ko'proq afzallik berilgan bo'lsa yoki afzallik berishi mumkin bo'lsa va ushbu Qonunda nazarda tutilgan kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tartibi buzilishiga olib kelsa.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.