«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

63-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi

Qarzdor tuzgan har qanday bitim, shu jumladan qarzdor to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atilguniga yoki tashqi boshqaruv yoxud sud sanatsiyasi tartib-taomillari joriy etilguniga qadar tuzgan bitim qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar bo'yicha sud boshqaruvchisining arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bitimlar to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilguniga qadar uch yil ichida qarzdor yoki uning vakili tomonidan tuzilgan va ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 115 — 126-moddalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko'ra haqiqiy emas deb topiladi. Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslardan tashqari to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilguniga qadar tuzilgan quyidagi bitimlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin: qarzdor tomonidan tuzilgan past qiymatdagi bitimlar, shu jumladan o'z tovarlarini ayni shu turdagi tovarlar bilan ayirboshlash yoki hadya qilish orqali tuzilgan bitimlar; bitim narxi va (yoki) undagi boshqa shartlar aynan shunga o'xshash tuzilgan bitim bilan solishtirilganda qarzdorning holatini jiddiy ravishda yomonlashtirsa, agar ushbu bitim moliyaviy yo'qotishlarga olib kelgan bo'lsa; shunga o'xshash yoki ayni shunday mol-mulkning narxidan farq qiladigan va kreditorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo'lsa ham qarzdorning holatini jiddiy yomonlashtiradigan narx bo'yicha mol-mulkni tekinga yoki to'lov asosida (shu jumladan vaqtinchalik foydalanishga) topshirish to'g'risida bitim; bitim bir kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qanoatlantirishga olib kelsa; qarzdorning mol-mulkini hadya qilish shartnomalari, bundan doimiy tijorat operatsiyalarida tuziladigan shartnomalar mustasno, agar ular to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilishidan bir yil oldin tuzilgan bitimlardan sezilarli darajada farq qilsa. To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilganidan keyin yoki to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqida ariza berilishidan oldingi o'ttiz olti oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini to'lash (ajratib berish) bilan bog'liq bo'lgan bitim sud boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi va bitimning haqiqiy emasligi oqibatlari qo'llanilishi mumkin, shunday bitim bo'yicha olingan barcha mol-mulk (pul mablag'lari) esa qarzdorga qaytariladi. Bu holda ishtirokchi ushbu Qonunning 150-moddasiga muvofiq to'rtinchi navbatdagi kreditor deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Bankrotlik jarayonida qarzdor tuzgan bitimlar (shartnomalar) sud tomonidan haqiqiy emas deb e'lon qilinishi mumkin. Bu ayniqsa past qiymatdagi bitimlar, zararlı shartlar bilan tuzilgan bitimlar yoki hadya qilish shartnomalari uchun amal qiladi. Agar bitim qarzdorning moliyaviy holatini yomonlashtirsa va kreditorlarga zarar yetkazsa, sud uni bekor qilishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu qoida bankrotlik jarayonidagi sud boshqaruvchisi, kreditorlar va qarzdor yuridik shaxslarning ishtirokchileriga tegishli. **Amalda** Kompaniya bankrotlikka uchragan vaqtda o'z tovarlarini boshqa kompaniyaga juda arzon narxda sotib bergan yoki hadya qilib bergan bo'lsa, sud bu bitimni bekor qilishi mumkin. Sotilgan tovarlar qaytariladi va pul kreditorlarga taqsimlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.