«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

52-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi qaror

To'lovga qobiliyatsizlikka oid tiklash tartib-taomillaridan birini joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar mavjud bo'lmaganda sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi qarori ushbu Qonunning 5-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan to'lovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi. Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq to'lash haqidagi ko'rsatma aks ettirilishi kerak. Sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi qarori ustidan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishda ishtirok etuvchi har qanday shaxslar, shu jumladan kreditorlarning biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tganligi o'z kuchini yo'qotgan deb topilganligi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Sud qarzdor (shaxs yoki kompaniya) to'lovga qodir emasligini aniqlagan holda uning bankrot ekanligini rasmiy ravishda e'lon qiladi. Shundan so'ng sud tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi, u kompaniyaning mulkini sotib, qarzlarini to'laydi. Bu qaror faqat to'lovga qobiliyatsizlik belgilari aniq bo'lganda qabul qilinadi. **Kimga tegishli** Bu qaror sud tomonidan qabul qilinadi va bankrot bo'lgan yuridik shaxs hamda uning kreditorlariga tegishli. **Amalda** Kompaniya 3 oydan beri qarzlarini to'lay olmasa, kreditor sudga ariza beradi. Sud kompaniyaning hisob-kitoblarini tekshirib, haqiqatan to'lovga qodir emasligini aniqlasa, uni bankrot deb e'lon qiladi va tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi. Boshqaruvchi kompaniyaning mashinalarini, ofisini sotadi va pul kreditorlarga qaytaradi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.