O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakolatli davlat organidir.
Vakolatli davlat organi:
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini to'lovga qobiliyatsiz, zarar ko'rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron ma'lumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan va (yoki) O'zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo'yicha qarzi bor korxonalarning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;
sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini o'tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
to'lovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo'pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;
to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo'lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;
moliyaviy holati bo'yicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xo'jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o'z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining o'z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, agentliklar, boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
29-modda. Vakolatli davlat organining vakolatlari
(29-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vakolatli davlat organi — bu O'zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bo'lib, u davlatning puli bilan ishlaydigan korxonalarni kuzatib turadi. Agar korxona to'lov qila olmasa yoki zarar ko'rsa, bu organ sudga murojaat etadi va bankrotlik jarayonini boshqaradi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar O'zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli.
**Amalda**
Davlat korxonasi qarzini to'lay olmasa, vakolatli organ uni sudga bildirib, sud boshqaruvchisini tayinlatadi. Sud boshqaruvchi korxonani sog'lom holga qaytarish yoki to'g'ri tartibda yopish uchun ish olib boradi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.