Sud hozir bo'lmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani o'z ish yurituviga qabul qilib olgan kundan e'tiboran ikki haftalik muddat ichida hozir bo'lmagan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash to'g'risida qaror qabul qiladi.
Hozir bo'lmagan qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishda kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv tartib-taomillari qo'llanilmaydi.
Sudning qarori vakolatli davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qaror olingan kundan e'tiboran bir haftalik muddatda sudga tugatish boshqaruvchiligiga nomzodni taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi o'ziga ma'lum bo'lgan barcha kreditorlarni hozir bo'lmagan qarzdorning bankrotligi haqida yozma shaklda xabardor qiladi, ular xabarnomani olgan kundan e'tiboran bir oylik muddatda tugatish boshqaruvchisiga o'z talablarini taqdim etishi mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi hozir bo'lmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga ko'ra to'lovga qobiliyatsizlikning soddalashtirilgan tartib-taomilini tugatish hamda to'lovga qobiliyatsizlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy tartib-taomillariga o'tish haqida ajrim chiqarishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
242-modda. Hozir bo'lmagan qarzdorning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni ko'rib chiqish
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Sud hozir bo'lmagan qarzdorni bankrot deb topish arizasini qabul qilgandan so'ng ikki haftalik vaqt ichida bankrotlik ishini boshlaydi va tugatadi. Bu jarayonda kuzatuv, sanatsiya va tashqi boshqaruv qo'llanilmaydi. Tugatish boshqaruvchisi kreditorlarni xabardor qiladi va ularning talablarini qabul qiladi.
Kimga tegishli
Bu tartib-taomil hozir bo'lmagan (topilmagan, uning manzili noma'lum) qarzdorlarga tegishli.
Amalda
Agar kompaniya rahbari topilmasa va uning qarz bor bo'lsa, sud tezda bankrotlik ishini ochadi. Tugatish boshqaruvchisi barcha kreditorlarga xat yuboradi va ular bir oylik vaqtda o'z talablarini bildirishlari mumkin. Agar qarzdorning mol-mulki topilsa, sud soddalashtirilgan yoki umumiy tartib-taomilga o'tish haqida qaror qabul qiladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.