Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo'jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) o'z ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatish to'g'risida o'ziga nisbatan qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun yetarli bo'lmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) yuridik shaxsga nisbatan to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida ish qo'zg'atish haqidagi ariza bilan sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralar ko'rilishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
238-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.