Kelishuv bitimini tuzish jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritishni tugatish uchun asos bo'ladi.
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishni yuritish jarayonida tuzilgan kelishuv bitimi tegishli vakolatli organning va (yoki) kreditorlarning kreditorlar talablari reyestriga kelishuv bitimini tuzish haqida qaror qabul qilgan kreditorlar yig'ilishi o'tkazilgan sanada kiritilgan talablariga nisbatan tatbiq etiladi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanadi.
Kelishuv bitimi tuzilgan taqdirda jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o'zgartirish rejasining bajarilishi, shuningdek kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga doir moratoriyning amal qilishi tugatiladi.
Kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritish tugatilganda:
moliyaviy boshqaruvchining vakolatlari tugatiladi;
jismoniy shaxs yoki kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni to'lashga kirishadi.
Kelishuv bitimining shartlari buzilganligi munosabati bilan to'lovga qobiliyatsizlik haqidagi ish yuritish qayta tiklangan taqdirda, jismoniy shaxsni bankrot deb topish va uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
225-modda. Kelishuv bitimi tuzilganligi munosabati bilan jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritishning o'ziga xos xususiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.