Qarzdor jismoniy shaxsning mol-mulki yashirilganligi yoki jismoniy shaxsning mol-mulki qonunga xilof ravishda uchinchi shaxslarga berilganligi dalillari aniqlangan taqdirda, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomili jarayonida talablari qanoatlantirilmagan kreditor yoki tegishli vakolatli organ sudga to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi ariza bilan murojaat etishga haqli.
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrim ushbu ajrim chiqarilgan sanada kreditorga yoki tegishli vakolatli organga ma'lum bo'lmagan yangidan ochilgan holatlar bo'yicha ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qayta ko'rib chiqilishi mumkin.
Kreditor yoki tegishli vakolatli organ ushbu moddada belgilangan asoslarga ko'ra jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimni qayta ko'rib chiqish to'g'risidagi arizani sud tomonidan mazkur ajrimni qayta ko'rib chiqish uchun asos bo'lgan holatlar aniqlangan kundan e'tiboran bir oy ichida berishga haqli.
Sudning jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrimini bekor qilish to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos bo'ladi. Sud jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqida ajrim chiqaradi, ushbu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi haqidagi ishni yuritish qayta tiklanganda uning mol-mulkini sotish tartib-taomili joriy etiladi.
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash to'g'risidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritishni qayta tiklash haqidagi xabarni e'lon qilish ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni yuritish qayta tiklanganda, jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi tartib-taomilini tamomlash haqidagi ajrim bekor qilingan kundan e'tiboran to'lovga qobiliyatsizlik tartib-taomili tamomlanguniga qadar kreditorlarning talablari reyestridagi qanoatlantirilmagan qarzning bir qismi tiklanadi. Boshqa kreditorlar yoki tegishli vakolatli organ o'z talablarini ushbu Qonunda belgilangan tartibda bildirish huquqiga ega.
Kreditorlar va (yoki) tegishli vakolatli organ talablarining tarkibi va miqdori jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ish yuritish qayta tiklangan sanaga ko'ra aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
223-modda. Jismoniy shaxsning to'lovga qobiliyatsizligi to'g'risidagi ishni qayta tiklash
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Agar bankrotlik jarayonida shaxsning mol-mulki yashiringan yoki boshqalarga noto'g'ri berilgan bo'lsa, sud bu qarorni bekor qilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, bankrotlik jarayoni boshidan boshlansa va shaxsning barcha mol-mulki sotiladi. Kreditorlar o'z qarzlarini qayta talaba qilish huquqiga ega bo'ladi.
**Kimga tegishli**
Bu qonun jismoniy shaxslarning (oddiy odamlarning) bankrotlik ishlarini qayta tiklash to'g'risidagi qoidalarni belgilaydi.
**Amalda**
Fayz o'z qarzlarini to'lashda qiynalayotgan edi va bankrotlik e'lon qilindi. Keyinchalik ma'lum bo'ldiki, uning uyini boshqa shaxsga noto'g'ri berilgan. Sud qarorni bekor qildi va Fayzning ishni qayta tikladi. Endi uning mol-mulki sotiladi va kreditorlar qarzlarini qisman oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.